20-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vaziri o‘rinbosari Choy Kyung Lim rahbarligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish va “Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zonasida hamkorlikdagi investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi.
Izoh (0)