“Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi 73 ming gektar maydonda g‘o‘zalarni defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.
Har yili avgust—sentabr oylarida O‘zbekistonda g‘o‘zalar defoliatsiyalanadi. Bu yil agrokimyoviy jarayon umumiy maydoni 758 ming gektarga teng dalalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bunda aviatsiya ishlanmasi hissasi 7—15 foizga teng bo‘ldi.
Joriy yilda 25—31-avgust kunlari respublika mintaqalarida An-2 rusumidagi 33 ta samolyot safarbar qilindi.
Aviakimyoviy ishlarning katta qismi Qashqadaryo (20 ming gektar), Farg‘ona (18,3 ming gektar) va Sirdaryo (13 ming gektar) viloyatlarida o‘tkazildi.
Izoh (0)