Yevropa 2016 chempionatiga saralash musobaqasi doirasidagi Albaniya va Serbiya termalarining Belgraddagi uchrashuvida maydon ustida masofadan turib boshqariladigan kichik uchuvchisiz samolyot paydo bo‘ldi. Unga ip yordamida Albaniya bayrog‘i osib qo‘yilgan edi.
Serbiya termasi o‘yinchisi bayroqni yulib olishga uringanidan so‘ng, futbolchilar va jamoalarning boshqa vakillari o‘rtasida mushtlashuv yuzaga keldi. Match to‘xtatib qo‘yildi, so‘ng uning bu kecha davom ettirilmasligi haqida xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Albaniya bosh vaziri Edi Ramaning ukasi Orfi Rama Albaniya bayrog‘i bilan bog‘liq hodisaga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olindi.
Izoh (0)