O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida Qatardan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi va Bahrayn bilan durang qayd etdi. Ushbu natijalar FIFA reytingiga yaxshigina ta’sir ko‘rsatdi, deb yozadi Uff.uz.
Mazkur ko‘rsatkichlar orqali FIFA tashkilotining reytinglar tizimi O‘zbekistonning amaldagi 530 ballidan 45 ballni chegirib tashladi.
Agar bugun O‘zbekiston BAA termasini mag‘lubiyatga uchratsa, 10—15 ball jamg‘arishi mumkin. Agar durang o‘ynasa, yana kamida 7 ball olib tashlanadi. Mag‘lubiyatga uchrasa esa bundan ham ko‘p ball chegiriladi.
Izoh (0)