Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida ukrainalik sportchi oltin medal sohibi bo‘ldi. Biroq mukofot topshirish chog‘ida Ukraina o‘rniga O‘zbekiston madhiyasi yangradi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Nankin shahridagi jahon chempionatida ukrainalik gimnastikachi brusda mashq bajarish bo‘yicha birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Biroq oltin medal unga o‘z vatani madhiyasi emas, O‘zbekiston madhiyasi ostida topshirildi.
Ta’kidlash joiz, chempionat boshqa qiziqarli voqealarga ham boy bo‘ldi. Chunonchi, ko‘pkurash bo‘yicha qizlarni taqdirlash marosimida berilgan guldastalardan biri ichidan ari chiqib, g‘oliba qizga hujum qilgan edi.
Izoh (0)