Malida barqarorlashtirish bo‘yicha BMT ko‘p tarmoqli kompleks missiyasi (MINUSMA) konvoyiga uyushtirilgan hujum natijasida to‘qqiz nafar tinchlikparvarlar halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilot vakili Olivye Saldagoga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, tinchlikparvarlar asli nigerlik bo‘lgan. Ularga hujumni mamlakat shimoli-sharqidagi Menaka va Ansongo shaharlari hududida mototsikl mingan qurollangan noma’lum shaxslar guruhi amalga oshirgan. Hodisa bilan bog‘liq boshqa vaziyatlar o‘rganilmoqda.
Saldagoning ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi qurbon bo‘lgan.
Shimoliy qismi ayirmachilar tomonidan nazorat qilinuvchi Afrika davlati bo‘lmish Malida MINUSMA tinchlikparvarlari BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan 2015-yil 30-iyunigacha bo‘ladi.
Izoh (0)