Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha o‘zining vositachilik missiyasini davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Euronews’ga bergan intervyusida u o‘zining inqirozdan chiqish rejasi haqida so‘zlab berdi va bunda belorussiyalik harbiylarning tinchlikparvarlar sifatidagi ishtirokini istisno qilmadi.
Ushbu rejani tomonlar qabul qilmagan, biroq u hamon ochiq bo‘lib qolmoqda.
“Agar zarur bo‘lsa, men qarama-qarshi tomonlarni ajratish uchun o‘z qurolli kuchlarimni ishga solishga ham shayman”, — dedi Lukashenko.
Izoh (0)