Kecha, 29-sentabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo‘yicha Rakuten Japan Open 2014 yirik turnirning asosiy davra bahslari start oldi. Mukofot jamg‘armasi 1 million 373 ming 420 AQSh dollaridan iborat musobaqaning asosiy turida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.
O‘zbekistonningning birinchi raketkasi ilk davrada turnirning asosiy turiga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan mezbon tennischi Daniel Taroni 7:6 (7:2), 6:7 (5:7), 7:5 hisobida mag‘lub etdi.
Endi Istomin ikkinchi davrada katta ehtimol bilan turnirning beshinchi raketkasi fransiyalik Jo-Vilfred Tsonga bilan to‘qnash keladi. Buning uchun sayyoramizning 12-raketkasi ilk davrada avstriyalik Yurgen Melserni yengishi kerak.
Izoh (0)