Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida hamyurtlarimiz yana bir bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha to‘rt kishilik qayiqda 1000 metr masofaga erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan final musobaqalarida o‘zbekistonlik sportchilar — Sergey Borzov, Vyacheslav Gorn, Aleksey Mochalov va Aleksandr Tropindan iborat kvartet, belgilangan masofani 3:01,819 soniyada bosib o‘tib, navbatdagi bronza medalini delegatsiya hisobiga keltirdi.
Ushbu musobaqalarda Qozog‘iston sportchilari birinchi (2:57,396), Xitoy jamoasi esa ikkinchi (3:01,374) o‘rinni band etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi hisobidagi medallar soni 18 taga (3 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza) yetdi va umumjamoa hisobida hozircha 14-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)