Osiyo o‘yinlarining to‘qqizinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi, deya xabar bermoqda Olamsport.com. Baydarkaning 1000 metr masofaga o‘tkazilgan yakkalik bahslarida terma jamoamiz a’zosi Aleksey Mochalov Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Hamyurtimiz 3 daqiqa-yu 39,878 soniya vaqt bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Ikkinchi o‘rinni eronlik Ahmadrizo Tolibian egallagan bo‘lsa, qozog‘istonlik Yuriy Berezinsev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)