Basketbol bo‘yicha Qatar ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettirishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qatar Milliy olimpiya qo‘mitasi vakilining aytishicha, mamlakat jamoasiga maydonga hijob kiyib chiqishga ruxsat berilmagan. Islom dini ayollarga ochiq bosh bilan yurishni taqiqlaydi, sportchi ayollar ham bundan mustasno emas.
Musobaqada Mo‘g‘uliston bilan bo‘lgan o‘yinga hijobda chiqqani uchun qatarlik basketbolchi qizlar hisobiga texnik mag‘lubiyat qayd etilib bo‘ldi. Qatarning keyingi raqibi Nepal termasi bo‘lishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar 19-sentabrdan 4-oktabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)