Xabarovsk o‘lkasi va Yahudiy avtonom viloyati bo‘yicha “Rosselxoznadzor” boshqarmasi mutaxassislari Xabarovsk aeroportida taqiqlangan mahsulot olib kirilishining oldini oldi, deya xabar bermoqda Amurmedia.ru.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilar o‘z qo‘l yuklarida umumiy og‘irligi 90 kilogrammga teng shaftoli, yong‘oq, no‘xat, uzum olib o‘tishga uringan.
“Bunday yukni olib kirish Ozarboyjon, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalaridan karantindagi mahsulotlarni olib kirishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlarni buzadi”, — deyiladi xabarda.
Bunday cheklov Rossiya hududida zararli organizmlar tarqalib ketishi riski munosabati bilan 2012-yil 16-aprelda joriy qilingan.
Olib kirish taqiqlangan karantindagi mahsulotlarning barchasi o‘tkazish punktida yo‘q qilinishi kerak.
Izoh (0)