O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuniga Unique Present va “Tvorcheskiye uzbeki” (“Ijodkor o‘zbeklar”) reklama agentliklari jamoasi qisqa metrajli film tayyorlashdi, deya xabar bermoqda Podrobno.uz.
“Tug‘ilgan kuning muborak, O‘zbekiston!” deb nomlangan ushbu videoda mamlakat hayotidan olingan kadrlar ortida tabrik so‘zlari jaranglaydi.
Klip so‘ngida ushbu video ketma-ketlikda Tas-IX tarmog‘idagi kadrlardan foydalanilgani haqida ma’lumot joylangan. “Unda yangragan har bir so‘zga samimiy sevgimizni joyladik. Sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz”, — deyiladi unda.
Izoh (0)