Rossiyaning Smolensk shahrida sahifalaridan biriga Adolf Gitlerning surati tushirilgan maktab kundaligi chop etildi. Yekaterinburgda sotuvga qo‘yilgan kundalikdagi rasm shahar aholisining e’tiborini tortdi, deb xabar bermoqda e1.ru.
Kundalikning yana qaysi shaharlarda sotilayotgani haqida ma’lumot berilmagan. Gitlerning surati tarixda iz qoldirgan boshqa shaxslar bilan birgalikda kundalik sahifalaridan birining yuqori qismidan joy olgan.
Poligrafiya mahsulotini ishlab chiqargan kombinat vakillari bosmaxonadan qanday ma’lumot olsa, barchasini chop etishini aytdi. “Visshaya shkola” bosmaxonasi esa hozirga qadar kundalikka izoh bermadi.
Izoh (0)