Rossiya va Ukraina prezidentlari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olgani yo‘q, chunki Rossiya nizodagi tomonlardan biri emas. Biroq ular nizoni qanday hal qilishni muhokama qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti” Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonotiga tayanib.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning matbuot xizmati uning Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng “suhbat natijasida Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi haqida kelishib olingani” haqida xabar berdi.
“Putin va Poroshenko haqiqatan ham ayirmachilar va Ukraina harbiylari o‘rtasidagi janglarni to‘xtatish imkonini berishi mumkin bo‘lgan choralarni muhokama qildi. O‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib olish jismoniy jihatdan Rossiyaning qo‘lidan kelmaydi, chunki u nizodagi tomonlardan biri emas”, — dedi Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi ikkala davlat rahbarlarining yana aloqaga chiqishi ehtimoli bo‘yicha hech qanday izoh bermadi.
Izoh (0)