O‘zbekistonlik tennischilar Denis Istomin va Farrux Do‘stov Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida yuqoriladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ATP yangi reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi va 39-o‘ringa chiqib oldi. Uning aktividagi ochkolar 1065 ga teng.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov esa Kanadadagi Challenger turniri finaligacha yetib borgani sharofati bilan yangi reytingda 17 pog‘onaga ko‘tarildi. U 474 ochko bilan 127-o‘rinni band etib turibdi.
Izoh (0)