Xitoyda terrorchilikda ayblanib, sakkiz kishi qatl qilindi. Ular rasman “Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida ayirmachilik ruhini avj oldirish va u yerda tartibsizliklarni tashkil qilish”ga aloqador deb e’lon qilindi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ta’kidlash joiz, so‘nggi oylarda Pekin avtonom tuman isyonchilarini ko‘p bora terakt va hujumlarda ayblab keldi. Iyun oyida Xitoy sudi Tyananmen maydonidagi terrorchilik harakatining uch nafar ishtirokchisini o‘lim jazosiga mahkum etgan edi.
2013-yil dekabrida “Sharqiy Turkiston islom harakati” uyg‘ur guruhi aqidaparastlari Pekindagi Tyananmen maydonida sodir bo‘lgan terrorchilik harakatini o‘z bo‘ynilariga olgan edi.
2013-yil 28-oktabrda Tyananmen maydonida “Taqiqlangan shahar” muzey majmuasi qarshisida avtomobil olomon ichiga yorib kirgan va portlab ketgan edi. Natijada besh kishi, jumladan ikki nafar chet ellik sayyoh halok bo‘lgan.
Xitoy g‘arbida joylashgan ushbu avtonom tumanda terrorchilik tashkilotlari keng faoliyat olib boradi, ular XXRdan alohida ajralib chiqish uchun kurashadi.
Izoh (0)