20-avgust, chorshanba kuni aktivistlar Isroilning G‘azo sektoridagi operatsiyalariga norozilik sifatida Nyu-York markazidagi Ist-Riverni kesib o‘tuvchi Manhetten ko‘prigiga Falastin davlatining ulkan bayrog‘ini osib qo‘yishdi. Bayroq politsiyachilar tomonidan olib tashlanguniga qadar yarim soat davomida osilib turdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Qora, oq, yashil va qizil ranglardan iborat bayroqda “G‘azo yuraklarimizda. Isroilni fosh qiling, unga boykot va sanksiyalar e’lon qiling” degan yozuv bo‘lgan. Shahar hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni avvalroq Nyu-Yorkda yuzlab kishilar Isroil hukumatining G‘azodagi harakatlariga norozilik sifatida namoyishlar uyushtirgan.
Izoh (0)