Afg‘onistonda amerikalik general Harold Grin halok bo‘lgani haqidagi xabarni AQSh tasdiqladi, deb yozadi Euronews.
U NATO qo‘shinlarining ushbu mamlakatdagi butun faoliyati davomida halok bo‘lgan eng yuqori mansabdagi harbiy bo‘ldi.
Xabar berilishicha, 6-avgust, chorshanba kuni noma’lum shaxs Qobuldagi Grin ishlaydigan harbiy akademiya hududida o‘t ochgan. Yana 15 kishi yaralangan, ular orasida germaniyalik general ham bor.
Izoh (0)