Buyuk Britaniya tarixidagi birinchi musulmon ayol vazir iste’fo so‘rab ariza berdi, deya xabar qildi Euronews.
Qirollik tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saida Varsi shu tariqa vazirlar mahkamasining Yaqin Sharqdagi nizoga nisbatan olib borayotgan siyosatidan noroziligini bildirdi.
Ledi Varsi o‘z bayonotini Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi va London tomonidan G‘azodagi voqealarga bildirilayotgan munosabat ma’naviy jihatdan nochor ekani, u Britaniya milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Tahlilchilar fikricha, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron G‘azoda bo‘layotgan nizolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirishdan qochmoqda, xususan, Isroil harakatlarini muhokama ostiga olishga shoshmayapti. Aynan mana shu narsa TIV rahbari o‘rinbosarini iste’fo berishga undagan.
Izoh (0)