Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga G‘arb tomonidan joriy qilingan sanksiyalarga javob choralarini ishlab chiqishni topshirdi, deya xabar berdi Euronews.
Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotga bosim o‘tkazish uchun siyosiy vositalarni qo‘llash noma’quldir; bu bosimga esa mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini nazarda tutib javob berish lozim.
Shu bilan birga, prezident Rossiyaning qarshi harakati iste’molchilarga zarar yetmasligi uchun “ehtiyotkorona” bo‘lishini talab qildi.
Ayni paytda xorijiy aviakompaniyalarga Rossiya hududi orqali tranzit parvozlarni amalga oshirish taqiqlanishi haqida rus OAVlarida paydo bo‘lgan xabarlar Yevropada xavotirni keltirib chiqarmoqda. Biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmadi.
Izoh (0)