AQShdagi turnedan Manchesterga qaytayotgan “Manchester Yunayted” futbol klubining aviareysi qo‘nish uchun Lids aeroportiga qayta yo‘naltirildi, deya xabar bermoqda “Kun” nashri Manchester Evening News ma’lumotiga asoslanib.
“Manchester Yunayted” futbolchilari o‘rin olgan layner, terrorchilik tahdidi sabab, Manchester aeroportiga qo‘na olmadi.
Biroq, aerodrom atrofidagi uzoq davom etmagan parvozdan so‘ng, samolyot baribir Manchester aeroportiga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq, Britaniya harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyoti Qatar Airways samolyoti bortida shubhali qurilma haqida xabar berilgani sabab, Qatar laynerini Manchester aeroportiga qadar kuzatib borgani haqida xabar berilgandi.
Hozirgi vaqtga qadar ushbu holat bo‘yicha Qatarga tegishli samolyotning bir nafar yo‘lovchisi yolg‘on xabar berish ayblovi bilan hibsga olingani ma’lum qilingan.
Izoh (0)