AQSh prezidenti Barak Obama The Economist jurnaliga bergan intervyusida Rossiya bilan munosabatlar tufayli ko‘ngli qolmaganini aytdi, deya xabar berdi “Segodnya”.
“Prezident lavozimida ishlagan Dmitriy Medvedev bilan juda samarali aloqalarda bo‘lganmiz. Biz qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning ko‘piga ulgurganmiz”, — dedi u.
Shu bilan birga, Amerika prezidenti Rossiyani “bir vaqtning o‘zida ham G‘arbga, ham Sharqqa qarab turgan” ikkiyuzlama odamga tenglashtirdi.
Rossiyaning amaldagi prezidenti bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, Obama uning “mamlakatdagi siyosiy mashhurligidan foydalanib, chet elda jiddiy notinchlik keltirib chiqarishi mumkinligi”ni aytdi.
Izoh (0)