Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Natijada kamida 175 kishi halok bo‘ldi, 1,3 ming kishi jarohatlandi va yana 181 nafar odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga asoslanib “ITAR-TASS” xabar berdi.
Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 3-avgust 16:30 da (Toshkent vaqti bilan 3-avgust 13:30 da) bo‘lib o‘tdi. Zilzila o‘chog‘i Chjaotun shahridagi Ludyan uyezdi hududida 12 kilometr chuqurlikda joylashdi. Ushbu uyezdda 260 mingdan ortiq kishi yashaydi.
Ofat hududiga politsiya otryadlari va qutqaruvchilar yuborilgan. Televideniye ta’kidlashicha, ushbu zilzila Yunnanda so‘nggi 14 yil ichida yuz bergan eng kuchlisi bo‘ldi.
Izoh (0)