O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish va olib ketish tizimi joriy qilinmoqda. Yangi tartib hukumatning 15-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni yig‘ish va chiqarib ketish qoidalarida nazarda tutilgan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Tasdiqlangan qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha iste’molchilar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Iste’molchilar qattiq maishiy chiqindilarni alohida bir martalik paketlar yordamida dastlabki saralashni amalga oshiradi. Bunda plastmassa, metall, shisha, qog‘oz hamda qayta ishlanmaydigan biologik va boshqa chiqindi turlari alohida qilib ajratiladi.
Axlat yig‘ish punktlari alohida turdagi chiqindilar uchun turli rang, yozuv va belgilarga ega maxsus konteynerlar bilan jihozlanadi.
Qoidalar qattiq maishiy chiqindilarning ko‘chalar, ariqlar, suv yo‘llari hamda harakatlanayotgan transport vositalaridan piyodalar yo‘laklariga tashlanishini taqiqlaydi.
Izoh (0)