Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston-O‘zbekiston birgalikdagi komissiyasining o‘ninchi majlisi 31-iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari Polvon Taganov hukumat majlisida ushbu komissiya majlisiga tayyorgarlik haqida hisobot berdi.
“Kun tartibiga savdo, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, ilm-fan, texnika, madaniyat, sport, turizm va boshqa sohalardagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari masalalari kiritiladi”, — dedi u.
Uning soz‘lariga ko‘ra, tegishli vazirliklar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish va Turkmaniston delegatsiyasining qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrifi rejalashtirilgan.
Izoh (0)