• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Munozara: Ermatov finalni boshqaradimi?

    Kechadan boshlab o‘zbek matbuotida ham, jahon OAVlarida ham bitta mavzu asosiy planga ko‘tarildi. JCh — 2014 finalini kim boshqaradi? Finalni boshqarishga asosiy nomzod kim? Stadion.uz jurnalistlari Qahramon Aslanov va Olimxo‘ja Bo‘ronov o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovning finalni boshqarish imkoniyatlarini ikki xil rakursdan chamalab ko‘rishadi.

    Foto: abc7chicago.com

    Foto: abc7chicago.com

    Qahramon Aslanov: “Men finalga Ermatovni tayinlamagan bo‘lardim”

    Menimcha, FIFA Ravshan Ermatovga final o‘yinini boshqarishni topshirmaydi. Hamyurtimizning o‘ziga topshirilgan o‘yinlarda qanday ishlayotgani bu bir masala, boshqa tarafdan, baribir, u haqida ikkiyoqlama fikrlar bo‘laveradi. Men buni normal deb hisoblayman. Ermatov futboli rivojlanmagan qit’a va chempionat vakili, biz qanchalik ko‘z yummaylik, bu faktorning juda muhim ekani va qaror qabul qilishda ahamiyat kasb etishidan ko‘z yuma olmaymiz. Ermatov yana o‘nta o‘yinda o‘z saviyasini isbotlasin, lekin FIFAda bu hadik doim bo‘ladi. Umuman, ba’zi mutaxassislarning va boshqa yurt vakillarining Ermatovga mana shu jihatdan e’tirozini to‘g‘ri tushunishimiz kerak. U biz uchun Ermatov, biz uchun qahramon, boshqalar uchun, hech kim bilmaydigan, o‘yinini hatto o‘sha yurt vakillari ham ko‘rmaydigan chempionatdan kelgan hakamdir. “Qarang zo‘r-ku” deb har qancha ta’kidlamaylik, bu faktligicha qoladi va yagona xato tufayli unga mag‘zavalar ag‘darilishi tabiiy.

    Tasavvur qiling, biz uchun muhim bir o‘yinda futboli bizdan ancha past bo‘lgan yurt hakami zararimizga xato qilishi uyoqda tursin, shunchaki, tayinlansa nima bo‘lardi? Xuddi shu gapni biz ham aytarmidik? Tan olaylik, bir yevropalik uchun Ermatov hech qachon Uebb yoki Ritssoli bo‘la olmaydi. Aytganimdek, hali maydonga tushmay turib, Ermatovning ulardan pasaytirib turadigan katta bir o‘zgarmas asos mavjud bo‘lib qolaveradi.

    Yo‘q, men FIFAda Ermatovga nisbatan ishonchsizlik bor, demoqchi emasman. Muhim o‘yinda biror yevropalik hakamning qo‘pol xatosidan ko‘ra, Ermatovning xatosi ikki barobar ko‘proq muhokamalarga sabab bo‘ladi va bu holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri FIFA ayblanadi. Ha, u jahon chempionatlarini boshqarish bo‘yicha rekordsmen, ammo yevropalik hakamlar bir yilda 20—30 talab yuqori saviya va tempdagi o‘yinlarni boshqarayotgan bir paytda, Ermatov har to‘rt yilda bu imkoniyatni qo‘lga kirityapti xolos. Bu juda jiddiy farq, nazarimda.

    FIFA qo‘l ostida saviya va metodik tarafdan Ermatovdan kam bo‘lmagan boshqa hakamlar turib, aynan hamyurtimizga finalni topshirib, o‘ziga qo‘shimcha bosim yuklab olishiga ishonishim qiyin bo‘lyapti. Axir xatolardan hech kim kafolatlanmagan to‘g‘rimi?

    FIFAning ehtiyotkor siyosatini hozir ham payqash qiyin emas. Birinchidan, hamyurtimizga shu paytgacha topshirilib kelgan o‘yinlarga e’tibor qarating: tan olaylik, eng murosasiz o‘yinlar hali shu paytgacha berilmagan. Birgina, JARdagi yarim finalni eslashimiz mumkin va ahamiyatli tarafi, o‘sha o‘yinda Ermatov gol bilan bog‘liq vaziyatda kichik xatoga yo‘l qo‘ygan.

    Bu safar FIFA yanada ehtiyotkor bo‘lib oldi, hatto qit’alar prinsipidan ham voz kechdi. Yevropalik hakamlar bemalol, qit’adoshlarining boshqalar bilan o‘yinlarini boshqarishmoqda. Bu o‘zgarish Ermatovning imkoniyatlarini keskin kamaytirishi shubhasiz.

    Nazarimda, FIFA Ermatovning saviyasini juda yuqori baholaydi, shu bilan birga, katta o‘yinlarni topshirishdan qo‘rqadi. Bu munosabatni xaspo‘shlash niyatida Ermatovga yengilroq va oddiyroq o‘yinlardan ko‘p-ko‘p berib, son jihatdan rekordsmenga aylantirdi. Qaysidir ma’noda, yuqori saviyasi uchun taqdirlanishi shart bo‘lgan hakamni unga finalni berish orqali emas, boshqa jihatdan e’tirofini namoyish qilayotganga o‘xshaydi.

    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, mening taxminim — Ravshan Ermatovga uchinchi o‘rin uchun bahs topshiriladi va hamyurtimiz mundialda besh o‘yinni boshqargan yagona hakam bo‘ladi. Buyam katta natija. Finalni esa yevropalik hakam boshqaradi. Hamma xursand, hamma jim.(Albatta, bir o‘zbekistonlik sifatida, fikrlarim oqibatda noto‘g‘ri bo‘lib chiqishini chin dildan istayman).

    Olimxo‘ja Bo‘ronov: “Ermatovning imkoniyati yuqori”

    Darhol aytaman, Ravshan Ermatovning JCh — 2014 finalini boshqarishi ko‘p jihatdan hal qiluvchi o‘yinga qaysi jamoalar chiqishiga bog‘liq. Finalga Yevropaning ikkita jamoasi chiqsa, o‘yinga katta ehtimol bilan yevropalik hakam tayinlanadi. Chempionlik jangida Janubiy Amerikaning ikki terma ikki jamoasi qatnashadigan bo‘lsa, bu o‘yinni ham Yevropa yoki KONMEBOL vakili boshqarishi mumkin.

    Finalga Yevropa va Janubiy Amerika terma jamoalari chiqadigan bo‘lishsa, Ermatovning finalni boshqarish imkoniyati juda yuqori. Finalda esa bu ikki qit’a vakili to‘qnash kelish ehtimoli - 50/50. Germaniya —Argentina yoki Braziliya — Gollandiya.

    Aytishingiz mumkin, “FIFA hakamlarni tayinlashda qit’alar prinsipiga amal qilmayapti-ku” deya. To‘g‘ri, masalan, uzoqqa bormaymiz, Gollandiya va Argentina o‘rtasidagi yarim final bahsini turkiyalik Junayt Chaqir boshqarib boradi. Ammo, unutmaslik kerakki, bu final. Finalda barcha narsa imkon qadar ideal darajada bo‘lishi kerak. Hakamlar ham inson, xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Yevropalik hakam Yevropa jamoasi foydasiga xato qilsa, FIFA katta bosim ostida qolib ketadi. Neytral qit’a hakamining xatosi esa “ataylab” deya baholanmaydi. Shu bois, shaxsiy fikrimcha, finalni neytral qit’a hakami boshqargani ma’qul.

    Yana bir savol tug‘ilishi mumkin? Ermatovning o‘zi finalni boshqarishga munosibmi? Axir u futboli rivojlanmagan yurt vakili bo‘lsa. Oliy liga saviyasi bilan JCh finalini taqqoslab bo‘lmaydi-ku, to‘g‘rimi? Bir qarashda asosli fikr. Lekin masalaga “ichkari”dan yondashadigan bo‘lsak, Ermatov bunday fikrni allaqachon yo‘qqa chiqarib bo‘lgan. Qanday qilib, buni tushuntirib berishga harakat qilaman.

    Ma’lumki, FIFA har to‘rt yilda bir marta bo‘ladigan JCh uchun yuzdan ortiq hakamlarni taxminan 2-yil davomida saralab boradi. Bu vaqt davomida hakamlar turli tuman seminarlar orqali jismoniy tayyorgarlik va nazariy imtihonlardan o‘tishadi. Bundan tashqari, JCh o‘yinlarini boshqarishga nomzod hakamlar FIFA hakamlar qo‘mitasi bilan internet orqali doimiy aloqada bo‘lib, turli vazifalarni olishadi va natijalarini FIFAga jo‘natishadi. Hakamlar FIFA rejasi asosida kundalik jismoniy mashqlarni bajarishadi (ikki kun shug‘ullanishadi, bir kun dam olishadi). Mashg‘ulotga kirishishdan oldin hakamlar o‘z badanlariga organizmning ishlashini, yurakning urishini o‘ziga yozib oladigan “datchik” o‘rnatishadi. Bu qurilma organizm olayotgan yuklamaning qay darajada bo‘layotganini yozib boradi. Mashg‘ulotdan keyin ushbu qurilmadagi ma’lumotlar kompyuterga tushiriladi va FIFAga yuboriladi. FIFA hakamlar qo‘mitasi ushbu ma’lumotlarni tahlil qilib, xulosa chiqarib boradi. Ermatov esa mashg‘ulotni rejadan ortiq bajarsa bajaradi-ki, kam shug‘ullanmaydi. U dam olish uchun tog‘li hududlarga chiqqanda ham mashg‘ulotni aslo kanda qilmaydi.

    Ikkinchidan, FIFA hakamlar uchun maxsus sayt yaratgan va referilar vaqti-vaqti bilan ushbu saytda berilayotgan video-testlardan o‘tib turishadi. Ravshan Ermatov bunday nazariy imtihonlarni doimo yuqori baholarga topshiradi. U bir oyda bir marta topshiriladigan majburiy testlar bilan cheklanib qolmasdan, yana ixtiyoriy ravishda juda ko‘p test mashqlarini yechadi. Ushbu natijalarning barchasi FIFA hakamlar qo‘mitasida yig‘ilib boradi.

    Qisqa qilib aytganda, Ermatov — “a’lochi talaba”. JCh esa “talabalar” uchun imtihon. Butun dunyo hakamlarga ana shu “imtihon” orqali baho berayotganda, FIFA har bir hakamning qilgan mehnatini, nimalarga qodirligini chuqurroq biladi. Ermatov O‘zbekiston chempionatini boshqarsa-da, u jismoniy va nazariy tayyorgarlik mashqlarini JCh finali darajasida bajaradi. Har kuni, har doim. U shu paytgacha JChning 9 ta o‘yinini yuqori saviyada boshqardimi, o‘ninchisini ham boshqarishga tayyor.

    Hamyurtimizning finalni boshqarishga munosib ekaniga menda shubha yo‘q. Yuqorida aytib o‘tganimdek, finalga qaysi jamoalar chiqishiga ko‘p narsa bog‘liq.

    Ravshan Ermatovning yana bir yutug‘i shundaki, u finalga qaysi jamoalar chiqishidan qat’i nazar o‘yinga tayinlanishi mumkin. Unga to‘sqinlik qiladigan hech narsa yo‘q. U OFK vakili, yarim finalda esa Osiyodan jamoalar qolmagan. Nimaga endi UYeFA hakami Yevropa jamoasi ishtirokidagi o‘yinni boshqarishi mumkinu, Ermatov Yevropa yoki Janubiy Amerikaning ikki jamoasi o‘rtasidagi o‘yinni boshqarmasligi kerak?

    Kecha FIFA qolgan 4 ta o‘yinni boshqarish uchun nomzod bo‘lgan 15 ta hakamlar guruhi ro‘yxatini e’lon qilgan bo‘lsa-da, final va 3-o‘rin uchun bahsni boshqarish uchun asosan 3 ta guruh qoldi. Hakamlar soni 15 tani tashkil etgani bilan aslida o‘yinlarni boshqarish uchun 7 ta guruh ajratib olindi, ya’ni 7 nafar asosiy hakam bo‘lsa, yana 7 nafari zaxira hakami sifatida qoldirildi (mezbon hakam ham har ehtimolga qarshi ro‘yxatdan chiqarilmadi). Masalan, Ermatov guruhi uchun Yuichi Nishimura zaxira hakami vazifasini o‘taydi. Qisqa qilib aytganda, “asosiy guruh+zaxira hakami” prinsipi asosida har bitta qit’adan bittadan va Yevropadan 3 ta guruh olib qolindi (Okeaniyadan yo‘q). Yarim finallarga KONKAKAF (Meksika+AQSh) va UYeFA (Turkiya+Shvetsiya) tayinlanishdi va ular final bahsi uchun nomzodlar safidan chiqishdi. Afrika vakillari shunchaki “siyosat” uchun ekanligi sir emas. Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlarda KONMEBOL terma jamoalari ishtirok etib qolsa, janubiy amerikalik hakamlar ham safdan chiqishadi. Natijada Yevropaning ikkita guruhi va Ermatov jamoasi qoladi.

    Shu bois, Ravshan Ermatov JCh — 2014 da yana bitta o‘yinni boshqarish ehtimoli juda yuqori, finalni boshqarish imkoniyati esa elikka-ellik. Yuqorida aytganimdek, final qit’alar bo‘yicha qanday juftlik hosil qilishiga bog‘liq.

    Demak, fikri ojizimcha, finalda O‘zbekiston vakili bo‘lishi uchun hal qiluvchi bahsda Yevropa va Janubiy Amerika jamoalari chiqishlari lozim.

    08.07.2014, 17:02   Izoh (0)   9274
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FIFA Ravshan Ermatovni JCh — 2014 finalini boshqarishga da’vogar hakamlar ro‘yxatiga kiritdi

    08.07.2014, 09:22

    Ekspertlar JCh — 2014 finaliga Ermatov yoki Uebb hakamlik qilishi kerakligini aytdi

    07.07.2014, 11:46

    Chagayev Okendoni mag‘lub etib, WBA versiyasi bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni nomini qaytarib oldi

    07.07.2014, 09:41

    Worldreferee.com hakamlar reytingida Ravshan Ermatov yetakchilik qilmoqda

    07.07.2014, 09:09

    Kosta-Rika bosh murabbiyi Ravshan Ermatovning hakamligidan norozi bo‘ldi

    07.07.2014, 08:44

    Ermatov rekord o‘rnatgan o‘yinda Gollandiya penaltilar seriyasida Kosta-Rikani mag‘lub etdi

    06.07.2014, 09:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.