Checheniston poytaxti Grozniy shahrida joylashgan “Ahmat Arena”da 35 yoshli Ruslan Chagayev va 41 yoshli puerto-rikalik Fres Okendo o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Ular WBA versiyasi bo‘yicha super og‘ir vaznda doimiy jahon chempioni nomi uchun o‘zaro bellashdi. Bu haqda Sport-express.ru xabar berdi.
Jang 12 raund davom etdi va hakamlar qarori bilan Rossiya nomidan ishtirok etgan Chagayev g‘olib bo‘ldi (114-114, 115-113, 115-113). Endi Chagayev hisobida 33 ta g‘alaba (20 ta nokaut), 2 mag‘lubiyat va bir during bor.
Nashrning ta’kidlashicha, Chagayev WBA titulini ikkinchi marta qo‘lga kiritdi. 2007-yilda u rossiyalik Nikolay Valuyev ustidan g‘alaba qozongan. 2009-yilda esa Vladimir Klichkoga imkoniyatni boy bergan. 2011-yilda yana bir rossiyalik Aleksandr Povetkinga ochkolar bo‘yicha yutqazib qo‘ygan.
Izoh (0)