Donetsklik ayirmachilar Ukraina sharqida qaytadan o‘t ochish to‘xtatilishini taklif qilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
“Donetsk xalq respublikasi” bosh vaziri Boroday ko‘pchilik talablardan voz kechib, Kiyev bilan to‘liq ko‘lamdagi muzokaralarga kirishishga tayyorligini bildirdi.
Ukraina Ichki ichlar vaziri o‘rinbosari Zoryan Shkiryak ham o‘z Facebook’ida isyonchilar qurolni tashlashga rozi bo‘lganini tasdiqladi. U bergan ma’lumotga ko‘ra, seshanba kuni mingga yaqin ayirmachilar o‘ldirilgan. Qo‘zg‘olonchilar esa qurbonlar orasida tinch aholi vakillari bo‘lganini ta’kidlagan.
Ukrainalik tahlilchilar rossiyaparast ayirmachilarning Kiyev bilan muzokaralar o‘tkazish niyati jiddiy emasligi, ular yarash sulhidan o‘z kuchlarini qaytadan guruhlash uchun foydalanayotganini aytmoqda.
Izoh (0)