KXDR yarim orolning sharqiy sohillaridan Yapon dengiziga qarata ikkita raketani uchirdi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Raketalar parvozi mahalliy vaqt bilan 6:30 va 8:00 da (Toshkent vaqti bilan 2:30 va 4:00) Vonsan shahri yaqinida amalga oshirilgan.
Raketalar taxminan 180 kilometr masofagacha uchdi. Ular 300 millimetrlik kalibrli, KN-09 reaktiv tizimi orqali uchiriladigan raketalar bo‘lishi mumkin.
Ushbu sinov so‘nggi bir hafta ichida uchinchisi bo‘ldi. Yakshanba kuni Yaponiya mudofaa vazirligi KXDR sharqiy qirg‘oqlaridagi Vonsan shahridan kichik radiusli ikkita raketa otilganini ma’lum qilgan edi. Ungacha Yapon dengiziga uchta raketa uchirilgan edi.
Izoh (0)