O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi o‘zining 17-iyundagi qarori bilan I. M. Gubkin nomli Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga 2014—2015-o‘quv yili uchun qabul kvotasini tasdiqladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
OTMga quyidagi beshta ta’lim yo‘nalishida 135 kishini qabul qilish rejalashtirilgan:
“Geologik razvedka texnologiyasi” — 25;
“Neft va gaz quduqlarini kovlash” — 25;
“Neft qazib olish obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish” — 25;
“Gaz qazib olish, gaz kondensati va yerosti saqlash obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish” — 35;
Korxona va tashkilotlar iqtisodiyoti” — 25 kishi.
“Gaz qazib olish, gaz kondensati va yerosti saqlash obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishiga qabul qilinadigan 35 talabaning 10 nafari Lukoil Uzbekistan Operating Company mablag‘lari hisobidan o‘qitiladi.
Izoh (0)