AQShning sobiq davlat kotibi va birinchi xonimi Xillari Klinton oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish maqsadida prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
Gap shundaki, kuzda Bill va Xillari Klintonlar bobo va buviga aylanishadi. Xillari bu uning hayotini o‘zgartirib yuborishini bildirdi. “Men buvi bo‘lish hissidan bahra olmoqchiman, — dedi u. — Ikki yildan keyin bo‘ladigan narsa uchun emas, bola uchun qayg‘urmoqchiman”.
Klinton prezidentlik saylovlarida qatnashmasligiga yana bir sabab bor. U o‘ziga hozirgi hayoti yoqishini ma’lum qilgan. “O‘z kun tartibimni o‘zim belgilab, dugonalarim bilan vaqtichog‘lik qilish menga yoqadi”, — deya qo‘shimcha qildi sobiq birinchi xonim.
Izoh (0)