Toshkent Fotosuratlar uyida “O‘zbekiston – baxtli bolalar mamlakati” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazma «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«O‘zbekiston – baxtli bolalar mamlakati» mavzusidagi fotoko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda bolalar manfaatlarini ta’minlash, xotin-qizlar faolligini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyati, bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning natijalari hamda xalqimizning bunyodkorlik ishlarini yoritib beradigan fotomateriallarni e’lon qilishdan iborat.
Bu yerda Rustam Sharipov, Abdug‘ani Jumayev, Konstantin Minaychenko, Sarvar O‘rmonov, A’lo Abdullayev, Otabek Mirsoatov, Yolqin Shamsiddinov, Jamshid Norqobilov, Farhod Abdurasulov, Maqsad Habibullayev, Hasan Paydoyev kabi fotoijodkorlarning ishlaridan namunalar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.
Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligi arafasida ushbu fotoko‘rgazma Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda namoyish etiladi.
Izoh (0)