Buxoroda yosh oilalar uchun 64 xonadondan iborat turar-joy binosi foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda Kun.uz Buxoro viloyati hokimligi saytiga asoslanib.
Ushbu binoda bungacha “Buxoroteks” korxonasining profilaktoriysi joylashgan edi.
Ochilish marosimi doirasida 32-“Mehribonlik uyi»ning sobiq tarbiyalanuvchilaridan sakkiz juftlikning nikoh, shuningdek, kam ta’minlangan bir necha oila farzandlarining sunnat to‘ylari bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng uyning dastlabki sohiblari, uy-joyga muhtoj besh kelin-kuyovga ular uchun ajratilgan xonadonlarning kalitlari topshirildi.
Homiylar yosh oilalarga ro‘zg‘or uchun zarur maishiy texnikalarni sovg‘a qilishdi.
“Yoshlar turar joyi”ning birinchi qavatidan oziq-ovqat do‘koni, novvoyxona, internet-klub, kiyimlarni tozalash xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh (0)