Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Pyotr Poroshenko 7-iyun, shanba kuni ukrain xalqiga qasamyod qiladi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
347 xalq deputatining 300 nafari bunday qarorni yoqlab ovoz berdi. Oliy Radaning qasamyodga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishi 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Ukraina saylov komissiyasi xalq deputati Pyotr Poroshenkoning prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lganini rasman e’lon qilgan edi. Unga saylovda ishtirok etganlarning 54,7 foizi yoki 9,8 million kishi ovoz bergan.
Izoh (0)