AQShning Tennessi shtati gubernatori Bill Xeslem 22-may kuni elektr stulda qatl etishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda CNN xabar berdi. O‘lim jazosini bu yo‘l bilan ijro etish, shtatda zarur tibbiy preparatlar bo‘lmagan taqdirda amalga oshriladi.
Tennessi shtati qonunchiligi o‘lim jazosiga mahkumlarga, agar jinoyat 1999-yilgacha amalga oshirilgan bo‘lsa, elektr stul va o‘lim inyeksiyasidan birini tanlash huquqini taqdim etgan. Shtatda elektr stuldan so‘nggi marta 2007-yilda foydalanilgan.
AQShda 29-aprel kuni o‘lim jazosi muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgach, uch nafar mahkumlar sudga apellyatsiya bergan. O‘lim keltiruvchi inyeksiya yuborilgach, Oklaxomadagi mahbus 38 yoshli Kleyton Lokett kutilganidek darhol emas, 43 daqiqadan so‘ng jon bergan.
Izoh (0)