13-may kuni AQShdagi Atlanta shahrida joylashgan Therrell High School maktabi yaqinida noma’lum kishi o‘t ochdi. Natijada besh o‘quvchi jarohat oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Jarohatlar hayot uchun xavfli emas, deyiladi xabarda. Otishma maktab hududida ro‘y bermagan bo‘lsa-da, o‘quv muassasasi ehtiyotkorlik yuzasidan vaqtinchalik yopib qo‘yildi.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.
Otishma sodir etgan shaxs qo‘lga olingan-olinmagani, jinoyatning nima sababdan sodir etilgani noma’lum.
Izoh (0)