“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “shaharliklar” UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, klubni tark etishga tayyor. Hozirda “Siti” Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda va bu ularga YCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bu haqida Caughtoffside nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola norvegiyalik hujumchining jamoadan ketishiga rozi ekanini bildirgan. Ammo murabbiy jamoaga munosib o‘rinbosar topish uchun vaqt kerakligi sababli ushbu transfer 2026-yil yozida amalga oshishini istamoqda.
Madridning “Real” klubi Holandga jiddiy qiziqish bildirmoqda va yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” futbolchining transferi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor, bu esa jahon darajasidagi hujumchi uchun yetarli narx sifatida baholanmoqda.
Shu tariqa Erling Holandning kelajagi “Manchester Siti” Chempionlar Ligasiga yo‘l olishi yoki olmasligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Agar klub APLda kuchli 4 likka kira olmasa, futbolchining jamoadan ketish ehtimoli oshishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “shaharliklar” hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida 48 ochko bilan 5-o’rinda bormoqda. “Siti”dan bir pog’ona yuqorida joylashgan “Chelsi” hisobida esa 49 ochko mavjud.
Izoh (0)