Rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashchiy va 16-jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen erkaklar o‘rtasida Nyu Yorkda o‘tkazilgan blits bo‘yicha jahon chempionatida chempion bo‘ldi.
Final bahsida dastlabki ikki partiyani Karlsen yutdi, biroq Nepomnyashiy keyingi ikki partiyada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra grossmeysterlar ketma-ket uch durang qayd etdi, shundan keyin ular o‘zaro kelishuvga ko‘ra, chempionlik unvonini bo‘lishishga qaror qildi. Ushbu taklif norvegiyalik Karlsendan chiqdi.
Ta’kidlash joizki, shaxmat tarixida avval hech qachon chempionlik unvoni ikki kishiga birdek berilmagan edi.
Ma’lumot uchun, Nepomnyashiy 2024-yilda rapid bo‘yicha Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Karlsen esa o‘sha musobaqada kiyinish qoidalarini buzganligi sabab diskvalifikatsiya qilingan. Qiziqarlisi, blits bo‘yicha Jahon chempionatida ham Karlsen kiyinish qoidalariga rioya qilmadi.
Blits bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar pley-off chiqa olmay musobaqani erta yakunladi.
Izoh (0)