Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2022-yil oktabr oyi uchun shaxmatchilar reytingini e’lon qildi.
Reytingda norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Din Lijen (Xitoy) va Yan Nepomnyashiy (Rossiya) kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Shuningdek, 4 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi top-100 dan joy oldi.
- Nodirbek Abdusattorov 31-o‘rin (2713 ochko);
- Rustam Qosimjonov 69-o‘rin (2670 ochko);
- Nodirbek Yoqubboyev 80-o‘rin (2663 ochko);
- Javohir Sindorov 92-o‘rin (2654 ochko).
Izoh (0)