Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shaxmatchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Reytingni norvegiyalik Magnus Karlsen (2853) boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinni esa rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy egallagan. Yangi jahon chempioni Din Lijen (2789) kuchli uchlikka yakun yasagan. Lijen Qozog‘istonning Ostona shahri mezbonlik qilgan shaxmat toji uchun kechgan o‘yinlarda Yan Nepomnyashiyni yengib, jahon chempioniga aylangandi.
FIDE Top-100 reytingidan o‘zbekistonlik 3 nafar grossmeyster o‘rin olgan. Rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2731) 19-o‘rinni egallab turibdi. Rustam Qosimjonov (2669) 68-o‘rin, Javohir Sindorov (2661) esa 82-pog‘onani band etgan.
FIDE reytingi:
1. Magnus Karlsen (Norvegiya) – 2853.
2. Yan Nepomnyashiy (Rossiya) – 2794.
3. Din Lijen (Xitoy) – 2789.
4. Alireza Firuja (Fransiya) – 2785.
5. Hikaru Nakamura (AQSH) – 2775.
6. Anish Giri (Niderlandiya) – 2768.
7. Fabiano Karuana (AQSH) – 2764.
8. Uesli So (AQSH) – 2760.
9. Vishvanatan Anand (Hindiston) – 2754.
10. Teymur Rajabov (Ozarbayjon) – 2747.
19. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) – 2731.
68. Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) – 2669.
82. Javohir Sindorov (O‘zbekiston) – 2661.
Izoh (0)