“Manchester Yunayted” klubi yanvar oyida uch nafar futbolchisini qo‘yib yuboradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, klub braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro, daniyalik pleymeyker Kristian Eriksen va shvetsiyalik markaziy himoyachi Viktor Lindelyof bilan xayrlashadi.
Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim “Manchester Yunayted”ning qishki transferlar borasidagi qiyinchiliklari haqida gapirgandi.
“Agar biz baʼzi o‘yinchilar bilan xayrlashmasak, yanvar oyida transferlarga imkoniyat bo‘lmaydi. Siz vaziyatni mendan yaxshiroq bilasiz. Bu yerga keliboq, jamoani o‘zgartirish uchun pul sarflashim qiyin”, degan edi portugaliyalik mutaxassis.
Maʼlumot uchun, “Manchester Yunayted” APLda 19 o‘yinda 22 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)