Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tayotgan musobaqada ommaviy janjal yuzaga keldi. Ushbu turnir ko‘proq yoshlar orasida mashhur bo‘lib, unda sportchilar, blogerlar va san’atkorlar ishtirok etadi. Biroq, kecha, 29-may kuni o‘tkazilgan bellashuvlar jarayonida kutilmagan hodisa yuz berdi — blogerlar va san’atkorlar o‘rtasida ommaviy janjal kelib chiqdi.

Mojaro “Sport” telekanalining jonli efiri davomida yuz berdi. Unga ko‘ra, uchrashuv yakunlangach, ishtirokchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va bu keyinchalik janjalga aylanib ketdi.
Turnir tashkilotchilaridan biri hisoblangan Alisher Uzoqov mazkur holatga munosabat bildirdi:
Bu bizning jamoalar tomonidan uyushtirilgan “piar” edi. Ammo bu nazoratdan chiqib ketgandek bo‘ldi. Shu sababli bu holat OAVda boshqacha tarzda talqin qilinmoqda. Ta’kidlash kerakki, bu janjaldan hech kim tan jarohati olmagan. Hamma sog‘-salomat.
Mazkur janjalning sabablari borasida rasmiy idoralar tomonidan izoh berilmadi.
Izoh (0)