• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Suv bosgan “Paxtakor”. Yerdan pul “supurib” olish san’ati. Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

    Diqqat qiling, ijtimoiy tarmoq ummonidagi voqea-hodisalar tahlilini boshlaymiz.

    Dehqonoboddagi nochor, ammo mashhur qishloq

    Kuni kecha “Daryo” saytida chop etilgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi nochor qishloq aholisi haqidagi maqola Facebook’da shov-shuv keltirib chiqardi. Haqiqatan, zamondan go‘yoki uzilib qolgan qishloq aholisi sabri va matonatiga qoyil qolish kerak.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Telegram’da mashhur Rais buva har doimgidek original mem tayyorladi bu haqda:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Mobil dastur va konduktor to‘qnashuvi

    O‘zbekistondagi eng katta onlayn-kutubxona — “Ziyouz.com” sayti asoschisi Davronbek Tojialiyev qiziq post qo‘ydi. Bu post ostiga ko‘plab ijobiy kommentlar yozildi.

    Davronbek Tojialiyev

    Avtobusda konduktorning shang‘illagan ovozi eshitildi. O‘sha tomonga qaradim. Ko‘rinishidan talaba yigit bilan tortishyapti:

    – Ertalab shoshilganda cho‘ntakka pul solish esdan chiqibdi.

    – Erkak kishi, pulingga qarab keyin chiqsang bo‘lmaydimi?

    – Opa, uzr, telefonimda Click bor. Raqamingizni bering, o‘tkazvoraman.

    – Klik-mlikingni boshimga uramanmi, pulni to‘la!

    Konduktorning oldiga borib, pulni men to‘lab yuborishimni aytdim.

    – Yo‘q, o‘zi to‘lasin, bular o‘zi shunaqa. Doim shunaqa qiladi...

    Yigit rahmat aytdi. “Raqamingizni ayting, hoziroq Click qivoraman”, dedi. Yo‘q dedim.

    * * *

    O‘zim ham bunaqa holatga tushganman. Yaxshiyamki, konduktor oldimga kelmagan. Do‘stimga qo‘ng‘iroq qilib bekatga pul bilan chiqib turishini so‘raganman. Bir marta yo‘lovchilardan biri mendan chipta uchun naqd pul berib tursam, plastik yoki telefonga o‘tkazib yuborishimni so‘ragan.

    * * *

    Birinchi marta Turkiyaga borganimda transport bilan bog‘liq tartib-qoidalarni, karta sotib olishni bilmasdim. Birinchi marta metroga tusharkanman, yo‘lovchilardan jetonni qayerdan sotib olish kerakligini so‘radim. Bir turk yigiti “Kel, kel” dedi-da, plastigini turniketga ikki marta tekizib, o‘taver dedi. Tushunmay, “qardosh, necha pul bo‘ldi?” deb cho‘ntak kovlayotgandim, yigit “kerak emas, sog‘ bo‘l” ketib yubordi.

    Ikkinchi marta tramvayga tushishda jeton oladigan joy qidirdim. Pul soladigan joyiga o‘n liralik tiqsam, qabul qilmadi. Nima qilsam ekan, deb tursam, bir o‘rta yoshli kishi keldi-da, “yur, qardoshim” deb plastigidan o‘tkazib yubordi. Unga rahmat aytib, “pulingizni to‘lay” degandim, “yo‘q, duo qilib qo‘ysang bo‘ldi” dedi. Bir boshqacha bo‘lib ketdim.

    Keyin o‘zim ham transport plastik kartasidan sotib oldim. Bir marta avtobusda menga ham bir talaba murojaat qildi. Kartasida pul qolmagan ekan, to‘lab yubordim.

    Bu tabiiy holat, janjal yo‘q, to‘polon yo‘q, ortiqcha xijolatlik yo‘q. Hamma xursand. Yuqoridagi voqeadan so‘ng shu yodimga tushgandi.

    Dima Qayum ne deydi?

    Facebook’dagi mashhur blogerlardan biri, Rishtonda xalq kutubxonasini ochgan Dima Qayumning kulgili va, muhimi, tagdor yumoristik postlari ham kayfiyatni ko‘taradi, ham o‘yga toldiradi. Bugun uning tesha tegmagan hazillaridan keltiramiz.

    Dima Qayum

    - Yuzlab ayollar orasida: “Siz qanday sovundan foydalanasiz?” degan so‘rovnoma o‘tkazdim.

    - Xo‘sh, Dima, so‘rovnoma natijalari qanday bo‘ldi?

    - Ayollarning hammasi “Hammomdan yo‘qol, uyatsiz!” deb baqirishdi.

     
    Dima Qayum

    - Xotinjon, endi orzuyingdagi qimmat uyda yashaymiz!

    - Voy, yangi uy sotib oldingizmi?

    - Yo‘q, to‘lovlar narxi oshibdi.

     
    Dima Qayum

    Saxiylik.

    Boshliq qabulxonasida kechgacha uni kutgan cholni “ertaga keling” deb chiqarib yubordi va og‘aynisi bilan shaxmatbozlikni davom ettirdi. Ishdan qaytishda esa yo‘lda o‘tirgan tilanchiga pul berayotganini internetga joylab o‘zini naqadar saxiy ekanini dunyoga ko‘rsatdi.

     
    Dima Qayum

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Habba.

    Tekin vay-payi ham bormish.

    Buzilayotgan yangi uylar atrofida bahs

    Toshkent shahridagi yangi qurilgan uylar buzilayotgani haqidagi xabar surati bilan tarqaldi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Lekin ikki soat o‘tmasdan Toshkent shahar matbuot xizmati tomonidan bunday ish ko‘zda tutilmagani haqida bayonot berildi. Bu haqda “Davletov.uz” kanali ham xabar e’lon qildi:

    “Lolazor” mahallasi hududida joylashgan 3 qavatli turar-joylarni buzish va o‘rniga ko‘p qavatli turar-joylarni qurish uchun Toshkent shahri hamda Mirobod tumani hokimligi tomonidan tadbirkorlarga berish to‘g‘risida hech qanday qaror qabul qilinmagan.
    Samolyotdagi tanovul

    Facebook foydalanuvchisi Husanboy Abdullayevich “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotida yo‘lovchilarga berilgan ovqatning rasmini qo‘yib, aviakompaniyaga rahmat aytgan ilk o‘zbekistonlik bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bu ovqatni ko‘rib, samolyotda uchgim kelib ketdi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Musofirga oson(mi)

    Telegram’dagi Rais buva kanali o‘ta jiddiy hajviy video joyladi va butun ijtimoiy tarmoqni kuldurib yig‘latdi. Unda Rossiyada ishlayotgan musofir o‘zbek yigitlar hazil tayyorlab, qor tagidan pulni qanday “supurib” olayotgani tasvirlangan. Videodagi odamni tezroq biron kinoga rolga chaqirsayam bo‘larkan; muhimi, original g‘oya. Tomosha qilib ulgurmagan bo‘lsangiz, albatta videorolikni ko‘ring.

    “Serial muammosi” seriali

    Serial mavzusi davom etadi. “Maslahat.uz” guruhiga qo‘yilgan ushbu post ko‘p layk olgandan ham bu postda haqiqat bitilganini bilsa bo‘ladi.

    ‎Abduqodir Muminov

    O‘zbeklar, sizlarga nimalar bo‘lyapti? Serialdan boshqa muammoingiz yo‘qmi rostdan... Undan ko‘ra serial ko‘ravermay, bolangiz bilan birga o‘tirib dars qildiring, o‘rgating u-bu narsani... Bola tarbiyasi, bolalar ma’naviyati deb jar solmay, bolangiz maktabda qanday o‘qiyapti, uyda nima bilan band, vaqti qaysi rejaga asosan foydali sarflanyapti, qaysi kasbga qiziqayapti, shular bilan band bo‘linglar baraka topkur pessimistlar...

    O‘sha seriallarni o‘zingiz ham ko‘rmay xoh badiiy, xoh ilmiy kitob, gazeta, jurnal o‘qing, qiziq va foydali tomonlarini bolangizga ilining, ular bilan fikrlashing... Avvalo, bolangizga (ayniqsa o‘g‘illarga) olib bergan sensorli telefoni ichida nimalar bor, pornolari (tez-tez o‘chirib, yangisidan yuklaydigan porno videolari) bormi, yo biror elektron kitob bormi (afsuski, ko‘p joy oladi deb o‘chirib tashlaydi...) deb qiziqing, arxivini titkilab, nimalar ko‘rgan, nimalar tomosha qilgan nazorat qiling (aqlingiz yetsa albatta). Marhamat, agar bolangiz yetuk bo‘lsin desangiz, adolatli va foydali qaror qabul qilib, shu ishga bel bog‘lang... Xo‘sh, durustmi?

    Buloqning ikkinchi ko‘zi

    Kuni kecha “Paxtakor”ning Osiyo chempionlar ligasi 2-bosqich saralashida “Eyr Fors”ga qarshi o‘yinda (qarang-ki, kelib-kelib xalqaro o‘yinda) ishkal bo‘lib qoldi: stadiondagi quvurdan suv qo‘yvordi, natijada o‘yin 20 daqiqaga to‘xtatildi.

    Twitter’da bu haqda hazil postlar yozildi.

    Оролдан чиқаётган булоқнинг яна бир кўзи очилди.

    — Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) February 12, 2019

    Пахтакор ажойиб стадион зериктирмайди, бир-бир свет учиши мумкин, бир-бир сув тошиши мумкин...

    — TOKHIRINI (@TOKHIRINI) February 12, 2019

    Jo‘yali taklif

    Bugungi dayjestimizning so‘nggi posti ham Twitter’da yaxshi o‘qildi:

    https://twitter.com/lecaprice88/status/1095734533041860609

    Barchaga xush kayfiyat va optimstik qarashlar tilagan holda bugungi dayjestni yakunlaymiz.

    Isroil Tillaboyev tayyorladi

    14.02.2019, 19:03   Izoh (0)   48378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston tarixda birinchi 1 mlrd dollarlik yevrobondlarni joylashtirdi

    14.02.2019, 18:43

    15-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

    14.02.2019, 18:12

    Qashqadaryodagi pasportlashtirish jarayonida noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar fosh etildi

    14.02.2019, 18:08

    Yunusoboddagi 15 yoshli qizning o‘limi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    14.02.2019, 17:50

    O‘zbekistonda sud va tergovdan qochib yurgan 11 nafar shaxs ushlandi

    14.02.2019, 17:23

    Qo‘qonlik yigitning yirtilgan dollarlari butuniga almashtirib berildi

    14.02.2019, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.