• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Musiqa Karyera

    Dunyoning eng muvaffaqiyatli 5 ta rep ijrochisi

    Hip-hop dunyo bo‘yicha eng ommabop musiqiy janrlardan biri hisoblanadi. Bu janr allaqachon global madaniyatga aylangan — milliardlab strimlar, to‘lib toshgan stadionlar va cheksiz muxlislarni yig‘a olgan kuch. Maqolada ushbu janrning eng yetakchi yulduzlaridan iborat, eng ko‘p tinglangan beshlik jamlandi.

    Foto: IXBT.Live

    50 Cent — 40 milliondan ortiq sotilgan audioyozuvlar

    Foto: IXBT.Live

    50 Cent hech qachon o‘ziga sun’iy imij yaratmagan. U o‘z hayoti bilan afsonaga aylangan. Uni shunchaki reklama emas, balki Nyu York ko‘chalari, narkotiklar, otishmalar va yuziga teggan o‘q shakllantirgan.

    Get Rich or Die Tryin (2003) — oddiy debyut emas, bu madaniyatga urg‘u bergan ijro edi. Dr. Dre va Eminem yordamida yaratilgan In Da Club butun dunyoda jarangladi. Albom 12 milliondan ortiq sotildi va 50 Cent’ni o‘z davrining eng kuchli reperlaridan biriga aylantirdi.

    Keyingi albomi The Massacre (2005) esa 11 millionta sotildi. Ammo u nafaqat reper, balki biznesmen ham. U Power serialiga prodyusserlik qildi va haqiqiy media imperatoriga aylandi.

    Bugungi kunda 50 Cent dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq audioyozuv sotgan. Endi u oddiy yulduz emas — u butun bir davr ramziga aylangan.

    Jay-Z — 55 milliondan ortiq sotilgan audioyozuvlar

    Foto: IXBT.Live

    Jay-Z — repni strategiyaga aylantirgan inson. Shon Karter karyerasini oddiy yo‘ldan boshlagan — CD disklar sotgan, chunki hech bir leybl unga ishonmagan. Bugun esa u — birinchi milliard dollarlik boylikka erishgan rep artisti, Roc Nation kompaniyasi egasi, Armand de Brignac shampanlari, Uber va boshqa yirik loyihalarga investor hamda 13 ta platina albom muallifi. 

    Uning ilk albomi — Reasonable Doubt (1996) — og‘ir hayot haqida aytilgan ijro edi. U o‘z musiqasida hayotni chuqur anglashga harakat qildi. Jay-Z har yangi albomda yanada kuchli va dono bo‘lib bordi.

    Jay-Z’ning uslubi o‘zgacha: bir jumlada u narkotik savdosi haqida gapirsa, keyingisida falsafiy fikrlar keltiradi. Aynan shu jihati uni boshqalardan ajratib turadi.

    2001-yilda chiqargan The Blueprint albomi — rep olamida haqiqiy mahorat namunasi bo‘ldi. The Black albomi esa xayrlashuv bo‘lishi kerak edi, lekin aslida yangi davrni boshlab berdi.

    Bugungi kunda Jay-Z:
    • 55 milliondan ortiq audioyozuv sotgan
    • Tirik afsonaga aylangan
    • 2021-yilda Rok-n-roll shon-shuhrat zaliga kiritilgan birinchi tirik reper bo‘lgan

    Eazy-E — 60 milliondan ortiq sotilgan audioyozuvlar

    Foto: IXBT.Live

    Erik “Eazy-E” Rayt — gangsta-repning poydevoriga birinchi g‘ishtlarni qo‘ygan inson. Bo‘yi kichik bo‘lsa-da, obro‘si baland edi. Aynan Eazy-E N.W.A guruhini tuzdi. Bu guruh rep tarixida birinchi bo‘lib senzurasiz haqiqatni aytishga jur’at qildi.

    Yuqori va keskin ohangdagi ovozi uning quroli edi. Eazy-E’ning qo‘shiqlarida romantika yo‘q edi. Uning qo‘shiqlari odamni tinglashga majbur qilardi.

    Reperning Eazy-Duz-It (1988) nomli albomi ilk katta yutug‘i bo‘ldi. Keyinchalik Straight Outta Compton albomidagi ishtiroki uni butun mamlakatga tanitdi.

    Aniq raqamlar sir bo‘lib qolgan, ammo umumiy hisobda Eazy-E dunyo bo‘ylab 60 millionga yaqin audioyozuv sotgan deb taxmin qilinadi. U nafaqat ijodkor, balki biznesmen ham edi. U Ruthless Records leyblini boshqargan, Bone Thugs-N-Harmony kabi guruhlarning karyerasini yo‘lga qo‘ygan.

    Eazy-E 1995-yilda OIV bilan bog‘liq asoratlardan vafot etdi. Bu o‘sha davr rep sahnasi uchun katta zarba bo‘ldi. Chunki bu kabi mavzular haqida u paytlarda ochiq gapirilmasdi. Ammo oradan deyarli 30 yil o‘tsa ham, Eazy-E ovozi hanuz jaranglaydi.

    2Pac — 75 milliondan ortiq sotilgan audioyozuvlar

    Foto: IXBT.Live

    Tupak Amaru Shakur shunchaki reper emas. Bu — dard, g‘azab va adolatsizlik haqida hayqirgan ovoz. U krossovkada mikrofon bilan chiqqan Martin Lyuter King edi. 

    U siyosiy faollar oilasida tug‘ilgan, o‘smirligida Shekspirni o‘qigan, aktyorlik mahoratini o‘rgangan, ammo o‘zining asosiy “quroli” sifatida repni tanlagan. U irqchilik, politsiya zo‘ravonligi, qashshoqlik, xiyonat va, albatta, muhabbat haqida yozgan. Brenda’s Got a Baby, Changes, Keep Ya Head Up — bu shunchaki qo‘shiqlar emas, bu qora tanli Amerikadagi XX asr oxirining hayotiy tarixi edi.

    Uning All Eyez on Me (1996) albomi tarixiy voqeaga aylandi. Bu hip-hopdagi birinchi ikki diskli albom bo‘lib, darhol platinaviy maqomga ega bo‘ldi. AQSHda u 5,8 milliondan ortiq nusxada sotildi. Bu orada Tupakning hayoti qamoq, otishmalar va politsiya bilan to‘qnashuvlar o‘rtasida o‘tgan. U xuddi vaqti oz qolganini bilgandek, tez ijod qilardi.

    U atigi 25 yoshida Las-Vegasdagi otishmada halok bo‘ldi. Bu voqeaning rasmiy sabablari hanuzgacha aniqlanmagan. Ammo uning o‘limi ijodini to‘xtatmadi. Vafotidan keyin chiqqan The Don Killuminati: The 7 Day Theory, Until the End of Time va boshqa (vafotdan keyingi) albomlari har biri voqea sifatida qarshi olindi.

    Eminem — 220 milliondan ortiq sotilgan audioyozuvlar

    Foto: IXBT.Live

    Agar hip-hop — ko‘chalar ovozi bo‘lsa, unda Eminem bu ovozni butun dunyoga yetkazgan reper. Uning to‘liq ismi Marshall Bryus Meters III, u Detroyt shahrining eng qashshoq ko‘chasida ulg‘aygan. Reper oq tanli yigit sifatida qora tanli hududlarda tazyiqlarga uchragan. Ammo u shunchaki omon qolmadi — u dunyodagi eng mashhur reperga aylandi. Bu mubolag‘a emas: 220 milliondan ortiq sotilgan audioyozuv hip-hop tarixidagi mutlaq rekord bo‘ldi. U butun musiqiy tarixdagi eng ko‘p audioyozuvi sotilgan 10 san’atkor qatoriga kiradi — The Beatles, Maykl Jekson va Elvis Presli bilan bir qatorda.

    2000-yilda chiqqan The Marshall Meters LP butun rep sanoatini larzaga soldi. Albom 25 milliondan ortiq nusxada sotildi va AQSH tarixidagi eng tez sotilgan rep albomi bo‘ldi. Bu san’atning nishoni edi: shafqatsiz, samimiy, ba’zida shok holatiga tushiradigan darajada. Eminem hech kimning asariga o‘xshatmasdan yozar edi — filtrsiz, og‘riq, sarkazm bilan.

    Eminem shunchaki reper emas, balki so‘z ustasi. 2015-yilda, Rap God trekida u 6 daqiqa 4 soniyada 1560 ta so‘z aytib, dunyo rekordini o‘rnatdi — bu har soniyada 4,28 ta so‘z degani. Bu shunchaki rep emas — bu so‘zlar orqali matematik san’at.

    U 15 ta “Gremmi” mukofoti, “Oskar” va Billboard tomonidan berilgan “O‘n yillik san’atkor” unvoniga ega hip-hop ijrochisi. Uning ta’siri musiqadan ancha uzoqqa borib yetgan — u depressiya, giyohvandlik va o‘z-o‘zini senzura qilishga qarshi kurash ramziga aylangan. Uni podvallardagi bezorilar ham, Garvard professorlari ham tinglaydi — hatto Garvardda uning she’riyati haqida ma’ruzalar ham o‘qilgan. Eminem hip-hopni yerto‘ladan “Oskar” sahnasiga olib chiqqan ijodkor hisoblanadi.

    26 may, 23:30   Izoh (0)   1529
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Musiqa#Xip-xop#Eminem#Reper

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lola: O‘zbekiston shou-biznesi 15 yilga orqada qolgan (video)

    02.05.2017, 08:27

    2017-yilning eng boy reperlari reytingini e’lon qilindi

    11.05.2017, 11:25

    Dreyk Billboard Music Awards talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi artisti deb topildi

    22.05.2017, 14:24

    Xip-xop AQShda ommaviyligi bo‘yicha rokdan o‘tib ketdi

    22.07.2017, 13:38

    2017-yilning eng yaxshi musiqiy albomlari aniqlandi

    23.11.2017, 22:33

    Toshkentda taqdimoti o‘tkazilgan uch loyiha: “E-Makro” dasturi, The Beat onlayn radiosi, The Tower’ning yangi loyihalari

    25.03.2019, 09:00

    Detslga o‘limidan so‘ng “Muz-TV” mukofoti berildi

    09.06.2019, 13:15

    Forbes dunyoning eng badavlat reperlari ro‘yxatini e’lon qildi

    14.06.2019, 09:32

    Koronavirusni deb jahon bo‘ylab qaysi tadbirlar bekor qilindi yoki boshqa sanaga qoldirildi? Ro‘yxat

    05.03.2020, 21:57

    Time jurnali Koreyaning BTS guruhini “Yil xonandalari” deb atadi

    11.12.2020, 19:17

    Misli ko‘rilmagan boylik: Dunyoning eng badavlat aktyorlari 20 taligi (foto)

    13.09.2023, 14:50

    Jay-Z’dan Beyonsegacha: Dunyoning eng badavlat san’atkorlari

    05.01.2024, 11:44

    Ularning miyasi boshqacha ishlaydi: millionlab kishilarning sevimlisiga aylangan 6 mashhur shaxs

    19 may, 08:55

    Koppola, Smit, Hadid: brendga aylangan oilalar qanday pul topadi?

    21 may, 13:55

    Rianna uch yil deganda yangi qo‘shiq chiqardi

    18 may, 16:56

    Ham san’atda, ham biznesda omadi chopgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    21 may, 13:08

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    18 may, 17:55

    Yuqori reytingga ega turk seriallari: turklar o‘zi yaxshi ko‘rgan top dizilar

    20 may, 18:40

    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi

    20 may, 18:00

    TikTok voyaga yetmagan foydalanuvchilarning ruhiy salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qila boshlaydi

    21 may, 21:40

    Kianu Rivz, Enn Heteuey va Florens Uelch: omma eʼtiborida bo‘lishni yoqtirmaydigan Gollivud yulduzlari

    23 may, 08:29

    Mayli Sayrus sog‘lig‘idagi muammolar tufayli karyerasini yakunlamoqchi bo‘lganini aytdi

    23 may, 17:35

    Jahon estradasining so‘nggi 5 yillikdagi top-5 ta hiti 

    22 may, 18:45

    “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i 25 yoshda. Mablag‘ sarflanmagan, shoshilinchda yozilgan qo‘shiq qanday qilib bitiruvchilar madhiyasiga aylandi?

    24 may, 07:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Motosikl va skuter o‘rtasida sodir bo‘lgan YTHda 2 haydovchi vafot etdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 18:05

    Germaniyada ishlashga yuborilgan 14 nafar o‘zbek talabasiga yordam ko‘rsatildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 17:40

    Vitaliy Denisov: “Asosiy vazifa bajarildi, endi yangi marralarni zabt etish kerak”

    Sport | 8 iyun, 17:37

    Isroil yordam punktida otishma sodir etdi

    Dunyo | 8 iyun, 17:15

    Iste’dodlar fabrikasi — Bo‘zatov FEST yangi yulduzlarni kashf etdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 17:00

    Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 16:17

    O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 15:26

    Kolumbiya prezidentligiga nomzodga suiqasd uyushtirildi

    Dunyo | 8 iyun, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.