Xip-xop amerikalik tinglovchilar o‘rtasida eng sevimli musiqiy yo‘nalishga aylandi va ilk bor rokni ortda qoldirdi. Bu haqda Nielsen kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib, Radio.com ma’lum qildi.
Xip-xopni tinglovchilarning 25,1 foizi ma’qul ko‘rmoqda. Yetakchilikni bermay kelgan rok-musiqada esa bu ko‘rsatkich 23 foizga tushib qoldi.
Bu darajadagi ommalashuv mazkur yo‘nalishdagi kompozitsiyalarni striming servislarida ko‘plab tinglayotgani bilan izohlanmoqda. Bu segmentdagi barcha treklarning 30 foizdan oshig‘i R&B va xip-xopga tegishli. Rok-musiqa bozorning 18, pop-qo‘shiqlar esa 13 foizini tashkil etdi.
Izoh (0)