NME nashri 2017-yilning eng yaxshi musiqiy albomlari ro‘yxatini tuzdi. Reyting 23-noyabr kuni e’lon qilindi.
Topga 50 ta albom kiritildi. Birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya vakili bo‘lgan xonanda Lordning Melodrama diski egalladi.
Uchinchi o‘ringa Britaniyaning Wolf Alice rok-guruhi chop etgan Visions Of A Life albomi munosib ko‘rildi. Uchlikka amerikalik xip-xop ijrochisi Kendrik Lamarga tegishli DAMN plastnikasi yakun yasadi.
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Father John Misty, LCD Soundsystem, J Hus, SZA, Lana Del Rey, Uayli va Liam Gallaxer singari artistlarning ijod namunalari kirdi.
Reytingning oxiridan fank-baschi, Thundercat taxallusi ostida ijod qiladigan Stiven Brunerning Drunk albomi o‘rin oldi.
Izoh (0)