Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “S.S.” MCHJ rahbari N.Sh. (muqaddam sudlangan) tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida “L.Y.” korxonasi bilan 500 ming dollar miqdorida qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzgan.
So‘ng buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkentda tadbirkorga 10 ming dollar evaziga turar joy binosini qurishga ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlangan edi.
Izoh (0)