• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura elektron to‘lov tizimi bilan bog‘liq yangi turdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    Bosh prokuratura O‘zbekiston uchun elektron to‘lov tizimidagi firibgarlikning yangi turi – “Chardjbek” (chargeback) paydo bo‘lganidan ogohlantirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maʼlum qilinishicha, bu jinoiy sxema O‘zbekistonda allaqachon keng tarqalib, bir qator tadbirkorlik subyektlari bunday noqonuniy xatti-harakatlardan jabr ko‘rmoqda.  

    “Chardjbek” – bu karta egasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali bank karta operatsiyasiga eʼtiroz bildirish va bekor qilish tartibi. Dastlabki himoya funksiyasiga qaramay, “chardjbek” mexanizmi noto‘g‘ri daromad ko‘rish uchun tobora ko‘proq foydalanilmoqda.

    Misol uchun, mijoz internet-do‘kondan 8 million so‘mlik noutbukni bank kartasi orqali onlayn to‘lov orqali xarid qilgani qayd etilgan. Bir muddat vaqt o‘tgach, ushbu kartaning qonuniy egasi bunday operatsiyani amalga oshirmagani sababli xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lovni qaytarish (“chardjbek”) talabini bildirgan.

    Bank bu mablag‘ni tovar sotuvchisi hisobidan chiqarib, mijozga 8 million so‘m qaytardi. Sotuvchi xaridni maʼlum bir to‘lovchi tomonidan amalga oshirilganini isbotlay olmadi, chunki u mijozni aniqlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rmagan.

    Bunday holatlarda tegishli choralar ko‘rilmagani, chardjbek mexanizmidan noto‘g‘ri foydalanish natijasida kompaniyalar zarar ko‘rmoqda.  

    “Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan chardjbek firibgarligini tekshirish va oldini olishning aniq uslubi ishlab chiqilmagan”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, banklarda ham ushbu mexanizm bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hozircha maxsus tartiblar mavjud emas.

    “O‘zbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilda chakana to‘lovlarning umumiy hajmida to‘lov kartalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar ulushi 65 foizga yetgan. Bu bilvosita ‘chardjbek’ potensial xavflarining ortib borayotganidan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

    Odatiy firibgarlik sxemasidan farqli o‘laroq, chardjbek tartibi to‘lovni qabul qilib oluvchining aybini isbotlashni talab qilmaydi. Mijozning olingan tovar/xizmatlarning yo‘qligi yoki kompaniya tomonidan firibgarlikda gumon qilingani haqidagi bayonotining o‘zi yetarli. Isbotlash majburiyati tadbirkor zimmasiga tushadi, bu masofaviy savdo sharoitida qiyin, ayniqsa mijoz boshqa davlat fuqarosi bo‘lsa.

    Sud amaliyotining tahlili chardjbekdan noto‘g‘ri foydalanishning odatiy sxemalarini ko‘rsatadi: keyinchalik qaytarib berish sharti bilan tovarlarni haqiqatda qaytarib bermasdan sotib olish; o‘g‘irlangan, deb eʼlon qilingan karta orqali to‘lov qilish, qonuniy egasi tomonidan chardjbek maqsadida boshqa fuqaroning kartasidan foydalanish; yetkazib berish orqali xarid qilish, lekin go‘yoki qabul qilinmadi, degan vaj orqali chardjbek operatsiyasini amalga oshirish.

    Qabul qilingan mablag‘larning qonuniyligini isbotlash vaqt va moliyaviy xarajat talab qiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishdan tashqari, bitimlar bo‘yicha tez-tez eʼtirozlar kelib tushishi natijasida kompaniyalar o‘z obro‘siga putur yetkazadi va bk jarima to‘lashga olib keladi.

    “Chardjbek” orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni minimallashtirish uchun mutaxassislar quyidagilarni tavsiya qiladi: birinchidan, to‘lovni amalga oshirishda to‘lovni amalga oshiruvchilarni to‘liq tekshirish; ikkinchidan, xaridor to‘g‘risidagi va sotib olish parametrlari haqidagi maʼlumotlarni yozib olish.  

    Plastik kartalardan pul o‘g‘irlash holatlari

    Aprel o‘rtalarida Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 million so‘m yechib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2022-yil iyulda esa Andijonda 8-sinf o‘quvchisi o‘nlab fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritib, PUBG o‘yiniga tikib yuborgani aniqlangan edi. Iyul boshida bo‘lsa, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi bank filiali kassiri mijozlarning 41 ta bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

    22.08.2023, 08:37   Izoh (0)   11321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda dugonasining plastik kartasiga Rossiyadan yuborilgan pullarni o‘g‘irlagan ayol aniqlandi

    06.05.2023, 12:45

    Surxondaryoda bankda amaliyot o‘tagan talabalar o‘zganing plastik kartasidan 75 mln so‘m o‘g‘irladi 

    11.07.2023, 11:22

    O‘zbekiston OTMlariga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilindi

    22.08.2023, 00:14

    Toshkentning ikki tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

    21.08.2023, 22:55

    O‘zbekistonning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumot berildi

    21.08.2023, 21:45

    O‘zbekistonda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar bor?

    21.08.2023, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.