• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    50 mln so‘mga “uchastka”, 25 mln so‘mga “kvartira”, 5 mln so‘mga esa yangi avtomobil: Toshkentda yana bir firibgarlik fosh etildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida odamlarni aldab, 50 million so‘mga hovli, 25 million so‘mga ko‘p qavatli uylardan xonadon va 5,5 million so‘mga yangi avtomobil olib berishni va’da qilib, ularni chuv tushirgan guruh ishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

    Foto: “Daryo”

    Sudda aniqlashtirilishicha, 2024-yilning yanvar—fevral oylarida faoliyatiga chek qo‘yilgan jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi bugun sudning qora kursisida o‘tirib, savollarga javob bermoqda. 

    “Daryo” manbasining ma’lumot berishicha, jinoiy guruh 361 nafar fuqaroning 6 milliard 734 million so‘m pulini o‘zlashtirgan. 

    Foto: “Daryo”
    Instagram’dagi reklamani ko‘rib, ularga ishonib, uy olish maqsadida ularning ofisiga borgandim. 25 million so‘m to‘lab, aldanib qoldim, — deydi dom olish niyatida jinoiy guruh a’zolariga pul bergan jabrlanuvchi.

    Yana bir jabrlanuvchining aytishicha, saxiy tadbirkorlar qiyofasiga kirgan jinoiy guruhning Instagram orqali sizdirilgan reklamalarida 19 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga 60 kunda yangi avtomobil olib berishni va’da qilingan. Biroq, va’da bajarilmagan.

    60 kunda salondan yangi mashina olib beramiz deyishgan. Guruhning Olmazor city’dagi ofisiga borib, Shirin ismli qizga 19 milliondan ortiq pul to‘ladim. Aytilgan vaqtda va’da bajarilmadi. Borsam, bozorga borib mashina ko‘ramiz deyishdi. U yerga borsam men bilan borgan ishchilar yo‘qolib qolishdi. Shu bo‘yi ularning uch-to‘rt kun ko‘rmadim. Ko‘p o‘tmay, guruh ofisi muhrlanib, faoliyati to‘xtatildi, pulimga kuyib qoldim, — deydi yana bir jabrlanuvchi. 
    Foto: “Daryo”

    20 million so‘mga chuv tushgan yana bir sudlanuvchi ayolning aytishicha, u farzandiga to‘y qilish niyatida guruh ofisiga 50 million so‘m foizsiz kredit olish niyatida borgan. Biroq, guruh a’zolarining 20 million so‘mlik dastlabki badal to‘lovi borligi va bu pul garov evaziga vaqtincha ushlab turilishi haqidagi ertaklariga aldanib, pul olish maqsadida borgan bo‘lishiga qaramay, guruh kassasiga 20 million so‘m pul to‘lab qaytgan. Va bu pullariga kuygan.

    Bugun sudda so‘ralgan jabrlanuvchilarning barchasi ularga yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilmoqda. 

    Sud majlisida aytilishicha, jinoiy guruh a’zolari orasida “Avto 60 oy” ishi bo‘yicha odamlarni chuv tushirib, 2 yilu 10 oy qamoqda o‘tirib chiqqan Jamshid Bahodirov ham bor.

    U jabrlanuvchilarga yuzlanib, ularga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirish va ularning ochiqqa chiqishi odamlarning pullarini to‘lab berishi uchun imkoniyat bo‘lishini aytib, “Ko‘chada pul bergan odamlarimizdan oladigan mablag‘imiz 419 ming dollarni tashkil qiladi. Bizga qo‘yilgan ayblovda yetkazilgan zarar 6 milliard 300 millionga yaqinligi aytilmoqda. Biz ochiqqa chiqsak, da’voyimiz yo‘q deb yozib bersangiz, biz shu pullarimizni olib sizga to‘laymiz”, — dedi. Jabrlanuvchilar esa bu navbatdagi ertak ekanini aytdi. Va uning taklifini rad qildi. 

    “Avto 60 oy” ishi 

    “Avto 60 oy” MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019-yil 12-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

    Tergov jarayonida J. Bahodirov o‘zining jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, “Avto oltmish oy” va Catalea Media MCHJ va YTT “J.Baxodirov”ni tashkil etib, 3 oy muddat ichida O‘zbekistonda UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalarni yetkazib berishni va’da qilib,  avtomashina rusumiga qarab, 1 million so‘mdan 10 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul olib, mablag‘larni qo‘lga kiritgani aniqlangan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha “Avto 60 oy” MCHJ bosh ofisidan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlar bo‘yicha 19 344 dan ortiq shaxslar bilan shartnomalar tuzgani aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo‘shilgan. Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan moddiy zarar 47,7 milliard so‘m ekani aniqlanib, shundan 36,8 milliard so‘m undirilgan. Sud hukmi bilan firma mas’ullari 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgandi. 

    29.05.2024, 22:10   Izoh (0)   33912
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda fuqarolarni 15 mlrd so‘mga chuv tushirgan firma rahbariga hukm o‘qildi

    23.05.2023, 09:50

    Toshkentda firma mashina yetkazib berish bahonasida 138 kishining salkam 1 mlrd so‘mini o‘zlashtirdi

    04.08.2023, 12:13

    Milliardlab pullarni o‘zlashtirgan avtolizing firmalarga aholi hamon ishonmoqda — Raqobat qo‘mitasi

    30.01.2024, 17:11

    Misr kompaniyasi Jizzaxda qand lavlagi yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona barpo etadi

    29.05.2024, 21:45

    Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi

    29.05.2024, 21:21

    Toshkentning uchta tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

    29.05.2024, 21:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH BMT vakiliga G‘azoga hujumni qoralagani va XJSni qo‘llagani uchun sanksiya kiritdi

    Dunyo | 10 iyul, 11:10

    Issiq kunlarda nima ichish va ichmaslik kerak?

    Maslahatlar | 10 iyul, 10:55

    O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 10:45

    Insonning o‘ziga yoqmaydigan ishda ishlashi ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 10 iyul, 10:35

    “Real” Klublar o‘rtasidagi JCHda qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 10 iyul, 10:30

    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

    Reklama | 10 iyul, 10:30

    Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol yana hibsga olindi

    Dunyo | 10 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.